Transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo'yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun ekspeditor ushbu Kodeks 24-bobining qoidalariga muvofiq belgilanadigan asoslarda va miqdorda javobgar bo'ladi.
Agar ekspeditor majburiyatning buzilishi tashish shartnomalari tegishli ravishda bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqanini isbotlasa, ekspeditorning mijoz oldidagi javobgarligi tegishli tashuvchi ekspeditor oldida javobgar bo'ladigan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
728-modda. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo'yicha ekspeditorning javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.