Fuqarolik kodeksi

724-modda. Yuk tashishga nisbatan talab va da'volar

Tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da'voni qo'zg'atishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qo'yilgan bo'lishi shart. Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni to'liq yoki qisman rad etsa yoki o'ttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk jo'natuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan da'vo qo'zg'atishi mumkin. Yuk tashishdan kelib chiqadigan talablar bo'yicha da'vo qo'zg'atish muddati ushbu Kodeksning 154-moddasiga muvofiq belgilanadigan paytdan boshlab bir yil qilib belgilanadi. Ushbu moddaning qoidalari yo'lovchi yoki bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga taalluqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.