Yo'lovchi tashish uchun transport vositasini kechiktirib jo'natganlik yoki bunday transport vositasi manzilga kechikib kelganligi uchun, shahar va shahar atrofi yo'nalishlarida tashish bundan mustasno, tashuvchi, agar kechikish yengib bo'lmas kuch yoxud tashuvchiga bog'liq bo'lmagan boshqa holatlar tufayli yuz berganini isbot qilib bermasa, yo'lovchiga jarima tariqasida neustoyka to'laydi. Jarima miqdori va uni to'lash tartibi transport ustavlari va kodekslari bilan belgilanadi.
Yo'lovchiga jarima to'lash tashuvchini transport vositasini jo'natish kechikkanligi yoki manzilga kechikib yetib kelganligi sababli yo'lovchi ko'rgan zararni unga to'lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Transport vositalarini jo'natish kechikkanligi sababli yo'lovchi ularda jo'nashdan bosh tortgan taqdirda, tashuvchi yo'lovchiga kira haqini va u qilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
720-modda. Yo'lovchini jo'natib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.