Fuqarolik kodeksi

713-modda. Bir yo'nalishda har xil transportda tashish

(713-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Har xil transportda yagona transport hujjati asosida yo'lovchi, bagaj va yuk tashilganida (bir yo'nalishda har xil transportda tashish) transport tashkilotlarining o'zaro munosabatlari, shuningdek bunday tashishni tashkil qilish tartibi bir yo'nalishda har xil (aralash) transportda tashishga doir qonunchilikka muvofiq tegishli turdagi transport tashkilotlari o'rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.