Fuqarolik kodeksi

698-modda. Pudratchining majburiyatlari

Ilmiy-tekshirish ishlari yoki tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi bo'yicha pudratchi: buyurtmachi bilan kelishilgan dastur (texnika-iqtisodiy parametrlar)ga yoki mavzuga muvofiq ishlarni bajarishi va natijasini shartnomada nazarda tutilgan muddatda buyurtmachiga topshirishi; intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bog'liq talablarga rioya etishi; bajarilgan ishlarda o'zining aybi bilan yo'l qo'yilgan, buyurtmachining texnikaviy topshirig'ida yoki shartnomada nazarda tutilgan texnika-iqtisodiy parametrlardan chekinishga olib kelishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni o'z kuchi bilan va o'z hisobidan bartaraf etishi; kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilishi; bunday shartnomalar asosida topshirilgan natijalarga uchinchi shaxslarda alohida huquqlar yo'qligi haqida buyurtmachiga kafolat berishi shart. Agar ilmiy-tekshirish yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, pudratchi: ishlarni bajarish jarayonida qo'lga kiritilgan ilmiy-texnikaviy natijalarni buyurtmachining roziligisiz e'lon qilmasligi; ishlarni bajarish jarayonida qo'lga kiritilgan huquqiy muhofazaga loyiq natijalarni himoya qilish choralarini ko'rishi va bu haqda buyurtmachini xabardor qilishi; buyurtmachiga bajarilgan ishlarda qo'llanilgan huquqiy muhofazaga loyiq ilmiy-texnikaviy natijalardan foydalanish haqidagi maxsus litsenziyani berishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.