Agar ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, taraflar shartnoma narsasiga, uni bajarish jarayoni va olingan natijalarga doir ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashlari shart. Maxfiy deb hisoblanadigan ma'lumotlar hajmi shartnomada belgilab qo'yiladi. Pudratchi buyurtmachining yozma roziligi bilan mazkur shartnomalar bo'yicha bajarilgan ishlarning natijalarini patentlashga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
695-modda. Shartnoma to'g'risidagi ma'lumotlarning maxfiyligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.