Fuqarolik kodeksi

693-modda. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalari

Ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasi bo'yicha pudratchi (ijrochi) buyurtmachi bergan vazifada ko'rsatilgan ilmiy tekshirishlarni amalga oshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi bo'yicha esa — yangi buyum namunasini, unga tegishli konstruktorlik hujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash majburiyatini oladi. Bunda buyurtmachi pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshiriq berish, ishni qabul qilib olish va uning haqini to'lash majburiyatini oladi. Pudratchi bilan tuzilgan shartnoma tadqiqot olib borish, namunalar ishlab chiqish va tayyorlashning butun jarayonini ham, ularning ayrim bosqichlarini (elementlarini) ham qamrab olishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.