Pudratchi qurilish va u bilan bog'liq ishlarni amalga oshirayotgan vaqtda atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonunchilikning talablariga rioya etishi shart va bunday talablar buzilganligi uchun uchinchi shaxslar oldida javobgar bo'ladi.
Agar buyurtmachi bergan materiallar (detallar, konstruktsiyalar)dan va uskunalardan ishni bajarish jarayonida foydalanish yoki uning ko'rsatmalarini bajarish atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish to'g'risidagi taraflar uchun majburiy bo'lgan talablarning buzilishiga olib kelsa, pudratchi bu materiallar va uskunalardan foydalanishga, ko'rsatmalarni bajarishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
678-modda. Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari
(678-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.