Agar texnik hujjatlarga o'zgartishlar kiritish tufayli bajarilishi kerak bo'ladigan qo'shimcha ishlar qiymati jihatidan smetada ko'rsatilgan qurilish umumiy qiymatining o'n foizidan oshib ketmasa va qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan ishlarning xususiyatini o'zgartirmasa, buyurtmachi texnik hujjatlarga o'zgartishlar kiritishga haqli.
Texnik hujjatlarga ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilganiga nisbatan kattaroq hajmda o'zgartishlar kiritish taraflar kelishgan qo'shimcha smeta asosida amalga oshiriladi.
Agar ishning qiymati pudratchiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra smetadan kamida o'n foiz oshgan bo'lsa, pudratchi ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq smetani qayta ko'rib chiqishni talab qilishga haqli.
Pudratchi loyiha-smeta hujjatlaridagi kamchiliklarni aniqlash va yo'qotish bilan bog'liq oqilona xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
671-modda. Loyiha-smeta hujjatlariga o'zgartishlar kiritish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.