Civil Code

663-modda. Bajarilgan ishda kamchiliklar borligini aniqlash oqibatlari

Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olayotgan yoki pudrat narsasidan foydalanayotgan paytda kamchiliklarni aniqlasa, ushbu Kodeksning 650-moddasida nazarda tutilgan huquqlaridan birini ushbu Kodeks 652-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy muddat davomida, kafolat muddati bo'lganida esa, shu muddat davomida amalga oshirishi mumkin. Maishiy pudrat shartnomasi bo'yicha bajarilgan ishning buyurtmachining o'zi va boshqa shaxslar hayotiga yoki sog'lig'iga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan kamchiliklarini tekin bartaraf etish to'g'risidagi talab, agar qonunda belgilangan tartibda uzoqroq muddat (xizmat muddati) nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtmachi yoki uning qonuniy vorisi tomonidan ish natijasi qabul qilib olingan paytdan boshlab o'n yil davomida qo'yilishi mumkin. Bunday talab ushbu kamchiliklar qachon aniqlanganligidan qat'i nazar, shu jumladan ular kafolat muddati tugagandan so'ng aniqlangan bo'lsa ham, qo'yilishi mumkin. Mazkur talab pudratchi tomonidan bajarilmasa, buyurtmachi yuqorida ko'rsatilgan muddat davomida yo ish uchun to'langan haqning tegishli qismini qaytarishni yoxud o'z kuchi bilan yoki uchinchi shaxslar yordamida kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog'liq xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Buyurtmachi pudrat natijasida kamchiliklar topsa, ularni bartaraf etish uchun murojaat qilish huquqiga ega. Agar ish xavfli kamchiliklar bilan bajarilgan bo'lsa, buyurtmachi yoki varislar uni ish qabul qilinganidan keyin o'n yil davomida talab qilishlari mumkin. Kafolat muddati tugagandan keyin ham bu huquq saqlanib qoladi. Kimga tegishli Bu huquq buyurtmachi va uning qonuniy varislariga tegishli. Amalda Usta uy ta'mirlashda xavfli elektr o'rnatishi, buyurtmachi buni bir yil o'tib topsa ham, o'n yil ichida uning bartaraf etilishini talab qilishlari mumkin. Agar usta bajarmasa, to'langan pul qaytariladi yoki ta'mirni boshqa usta qilish xarajati qoplanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.