Ish sifatining tegishli darajada emasligi tufayli kelib chiqqan talablar uchun da'vo qo'zg'atish muddati ushbu Kodeks 150-moddasining qoidalariga binoan belgilanadi.
Agar qonunchilik yoki pudrat shartnomasida pudratchining ish sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan, kafolat muddati belgilangan va ishdagi kamchiliklar xususidagi ariza kafolat muddatida berilgan bo'lsa, da'vo qo'zg'atish muddati kamchiliklar xususida ariza berilgan kundan e'tiboran o'ta boshlaydi.
Agar pudrat shartnomasiga muvofiq buyurtmachi ish natijasini qismlarga bo'lib qabul qilgan bo'lsa, da'vo muddati ish natijasi butunlay qabul qilib olingan kundan e'tiboran o'ta boshlaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
652-modda. Ish sifatining tegishli darajada emasligi xususida da'vo qo'zg'atish muddati
(652-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.