Agar qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada ko'rsatilgan ishni shaxsan o'zi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi o'z majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilishga haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
Ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga va 334-moddasiga muvofiq, bosh pudratchi buyurtmachining pudrat shartnomasi bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun yordamchi pudratchi oldida javobgar bo'ladi, buyurtmachi oldida esa, yordamchi pudratchi o'z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligining oqibatlari uchun javobgar bo'ladi.
Agar qonun yoki pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtmachi va yordamchi pudratchining har biri bosh pudratchi bilan tuzgan shartnomalar buzilishi bilan bog'liq talablarni bir-biriga qo'yishga haqli emas.
Ushbu moddaning birinchi qismidagi qoidalarni yoki pudrat shartnomasini buzib, shartnomani bajarish uchun yordamchi pudratchini jalb qilgan pudratchi ushbu yordamchi pudratchi shartnomani bajarishda qatnashib, yetkazgan zarar uchun buyurtmachi oldida javobgar bo'ladi.
Bosh pudratchining roziligini olgan holda buyurtmachi ayrim ishlarni bajarish uchun boshqa shaxslar bilan shartnoma tuzishga haqli. Bu holda mazkur shaxslar ishni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun bevosita buyurtmachi oldida javobgar bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
634-modda. Bosh pudratchi va yordamchi pudratchi
(634-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.