Pudrat shartnomasi ashyoni tayyorlash yoki uni qayta ishlash (ishlov berish) yoxud boshqa ishni bajarib, natijasini buyurtmachiga berish yoki boshqacha tarzda topshirish haqida tuziladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ish pudratchining materiallari, uning kuchi va mablag'lari hisobidan bajariladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtmachining topshirig'ini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi.
Pudratchi o'zi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli darajada bo'lmaganligi uchun, shuningdek uchinchi shaxslar huquqlari bo'lgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
632-modda. Pudrat shartnomasi bo'yicha bajariladigan ishlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.