Ssuda beruvchi ashyoni boshqa shaxsga berishga yoki uni haq evaziga foydalanish uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli. Bunda avval tuzilgan tekin foydalanish shartnomasi bo'yicha huquqlar yangi mulkdor yoki foydalanuvchiga o'tadi, uning ashyoga nisbatan huquqlari qatoriga ssuda oluvchining huquqlari qo'shiladi.
Ssuda beruvchi fuqaro vafot etgan yoxud ssuda beruvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda tekin foydalanish shartnomasi bo'yicha ularning huquq va burchlari merosxo'rga yoki boshqa huquqiy vorisga yoxud ashyoga mulk huquqi yoki ashyoni tekin foydalanish uchun topshirishga asos bo'lgan o'zga huquq o'tgan boshqa shaxsga o'tadi.
Ssuda oluvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, tekin foydalanish shartnomasida boshqa tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, uning shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga o'tadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
629-modda. Tekin foydalanish shartnomasidagi taraflarning o'zgarishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.