Ssuda beruvchi quyidagi hollarda shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli, agar ssuda oluvchi:
ashyodan shartnomaga yoki ashyoning vazifasiga muvofiq foydalanmasa;
ashyoni soz holatda saqlash yoki uni asrash majburiyatlarini bajarmasa;
ashyoning holatini ancha yomonlashtirsa;
ssuda beruvchining roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan bo'lsa.
Ssuda oluvchi quyidagi hollarda tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli:
ashyodan normal foydalanishni mumkin bo'lmaydigan yoki qiyin qilib qo'yadigan nuqsonlarni aniqlagan bo'lsa, bu nuqsonlar xususida shartnoma tuzish paytida bilmagan va bilishi mumkin bo'lmagan taqdirda;
agar o'zi javobgar bo'lmagan holatlarga ko'ra ashyo undan foydalanish mumkin bo'lmaydigan holatga kelib qolsa;
agar shartnoma tuzishda ssuda beruvchi uni topshirilayotgan ashyoga nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari to'g'risida ogohlantirmagan bo'lsa;
ssuda beruvchi ashyoni yoki unga mansub ashyolarni va tegishli hujjatlarni berish majburiyatini bajarmasa.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
627-modda. Tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.