Fuqarolik kodeksi

621-modda. Tekin foydalanish uchun berilgan ashyoning kamchiliklari uchun javobgarlik

Ssuda beruvchi tekin foydalanish shartnomasini tuzish paytida qasddan yoki qo'pol ehtiyotsizlik bilan ashyoning kamchiliklarini aytib qo'ymagan bo'lsa, bu kamchiliklar uchun javob beradi. Bunday kamchiliklarni aniqlaganida ssuda oluvchi o'z xohishiga qarab, ssuda beruvchidan ashyodagi kamchiliklarni tekin bartaraf etishni yoki ashyoning kamchiliklarini bartaraf etishga qilingan xarajatlarni qoplashni yoxud tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilib, haqiqiy zararni qoplashni talab qilishga haqli. Ssuda oluvchining talablaridan yoki uning ashyodagi kamchiliklarni ssuda beruvchining hisobidan bartaraf etish niyatidan xabardor qilingan ssuda beruvchi buzuq ashyoni kechiktirmasdan tegishli holatdagi xuddi shunday ashyo bilan almashtirishi mumkin. Ashyoning tekin foydalanish shartnomasini tuzish vaqtida ko'rsatib o'tilgan yoki ssuda oluvchiga oldindan ma'lum bo'lgan yoxud u ashyoni ko'zdan kechirish yoki shartnoma tuzish yoxud ashyoni topshirish vaqtida uning sozligini tekshirish chog'ida aniqlashi lozim bo'lgan kamchiliklari uchun ssuda beruvchi javobgar bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.