Fuqarolik kodeksi

605-modda. Uy-joyni ijaraga beruvchining majburiyatlari

(605-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-405-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 17-сон, 173-модда)

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga doimiy yashash uchun yaroqli bo'sh uy-joyni berishi lozim. Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada foydalanishni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmat ko'rsatishi yoki xizmat ko'rsatilishini ta'minlashi, ko'p kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan kommunal xizmat ko'rsatish qurilmalari ta'mirlanishini ta'minlashi shuningdek uy-joydan faqat ijara shartnomasida ko'rsatilgan maqsadlarda foydalanishni ta'minlash choralarini ko'rishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.