Fuqarolik kodeksi

601-modda. Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi

(601-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joylar fuqarolarga uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan beriladi. Uy-joyni ijaraga berishning bunday shartnomasi bo'yicha ijaraga oluvchi bilan birga yashaydigan uning oila a'zolari uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bo'yicha barcha huquqlardan ijaraga oluvchi bilan teng foydalanadilar va barcha majburiyatlarni bajaradilar. Ijaraga oluvchi va uning oila a'zolarining talabiga binoan shartnoma oila a'zolarining bittasi bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki uy-joydan chiqib ketgan taqdirda, shartnoma uy-joyda yashab turgan oila a'zolarining biri bilan tuziladi. Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi uy-joy to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar, shartlar va tartibda tuziladi. Bunday shartnomaga nisbatan ushbu Kodeks 603, 604, 607, 609, 610-moddalarining, shuningdek 613-modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarining qoidalari qo'llanadi. Ushbu Kodeksning boshqa qoidalari, agar uy-joy to'g'risidagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.