Ushbu Kodeksning bitimlar haqiqiy emasligining oqibatlari to'g'risidagi, shartnomani o'zgartirish va bekor qilish haqidagi shartnoma bo'yicha olingan narsani bir tarafdan yoki har ikkala tarafdan qaytarib olishni yoki asli holida undirib olishni nazarda tutuvchi qoidalari, agar bunday oqibatlar ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining kreditorlarining, boshqa shaxslarning muhim huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini jiddiy buzmasa va ushbu Kodeks 116-moddasining qoidalariga zid kelmasa, korxonani ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
585-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasiga bitimlarning haqiqiy emasligi hamda shartnomani o'zgartirish va bekor qilish oqibatlari haqidagi qoidalarning tatbiq etilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.