Bino yoki inshootni ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va ijaraga oluvchi tomonidan qabul qilib olish taraflar imzolaydigan topshirish dalolatnomasi yoki topshirishga doir boshqa hujjat bo'yicha amalga oshiriladi.
Agar qonunda yoxud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga beruvchining bino yoki inshootni ijaraga oluvchiga topshirish majburiyati bino yoki inshoot ijaraga oluvchining egaligiga yoki foydalanishiga topshirilganidan va taraflar topshirish to'g'risidagi tegishli hujjatni imzolaganlaridan keyin bajarilgan hisoblanadi.
Taraflardan birining bino yoki inshootni shartnomada nazarda tutilgan shartlarda topshirish to'g'risidagi hujjatni imzolashdan bosh tortishi tegishli bo'lishiga qarab, ijaraga beruvchining mol-mulkni topshirish bo'yicha o'z majburiyatlarini, ijaraga oluvchining esa, mol-mulkni qabul qilib olish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortishi deb qaraladi.
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganida ijaraga olingan bino yoki inshoot ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda ijaraga beruvchiga qaytarilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
578-modda. Bino yoki inshootni topshirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.