Mulk ijarasi shartnomasi bekor bo'lganidan keyin ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni o'ziga topshirilgan holatda, normal eskirishni hisobga olib yoki shartnomada kelishilgan holatda qaytarishi lozim.
Agar ijaraga oluvchi ijaraga olgan mol-mulkni qaytarmasa yoki kechiktirib qaytarsa, ijaraga beruvchi kechiktirilgan barcha vaqt davomida mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to'lashni talab qilishga haqli. Bu haq ijaraga beruvchi ko'rgan zararni qoplamagan taqdirda zararni to'lashni talab qilishga haqli.
Ijaraga olingan mol-mulk o'z vaqtida qaytarilmaganligi uchun shartnomada neustoyka undirish nazarda tutilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, neustoykadan tashqari zarar to'liq miqdorda undirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
554-modda. Mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.