Fuqarolik kodeksi

552-modda. Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish

Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasi sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar: ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoxud mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishga to'sqinlik qilsa; ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga to'sqinlik qiladigan kamchiliklar bo'lib, ularni ijaraga beruvchi shartnoma tuzish vaqtida aytib o'tmagan, ijaraga oluvchiga oldindan ma'lum bo'lmagan va shartnoma tuzayotganda mol-mulkni ko'zdan kechirish yoxud uning sozligini tekshirish vaqtida aniqlanishi mumkin bo'lmagan bo'lsa; ijaraga beruvchi shartnomada belgilangan muddatlarda, agarda shartnomada muddat belgilangan bo'lmasa, oqilona muddatlarda o'z zimmasidagi mol-mulkni kapital ta'mirlash majburiyatini bajarmasa; ijaraga oluvchi javobgar bo'lmagan holatlar tufayli mol-mulk foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolsa. Mulk ijarasi shartnomasida ushbu Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ijaraga oluvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.