Fuqarolik kodeksi

539-modda. Mulk ijarasi shartnomasining shakli

(539-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1131-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1131/0377-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 июль)

Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo'ljallangan bo'lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo'lgan hollarda esa, muddatidan qat'i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Ko'chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi va soliq organlarida hisobga qo'yilishi lozim, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Ko'chmas mulk ijarasi shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo'yish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mulk huquqining kelgusida ijarachiga o'tishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.