Fuqarolik kodeksi

528-modda. Umrbod renta shartnomasini renta oluvchining talabi bilan bekor qilish

Renta to'lovchi umrbod renta shartnomasini jiddiy buzgan hollarda renta oluvchi renta to'lovchidan rentani ushbu Kodeksning 523-moddasida nazarda tutilgan shartlarda sotib olishni yoki shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. Agar umrbod renta to'lash sharti bilan tekinga kvartira, uy yoki boshqa mol-mulk topshirilgan bo'lsa, renta to'lovchi shartnomaning muhim shartlarini jiddiy buzgan taqdirda renta oluvchi bu mol-mulkni uning qiymatini sotib olinadigan renta hisobiga qo'shgan holda qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.