Fuqarolik kodeksi

518-modda. Doimiy rentani oluvchi

Doimiy rentani faqat fuqarolar va notijorat tashkilotlari olishlari mumkin, basharti, bu hol qonunga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos bo'lsa. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, doimiy renta shartnomasi bo'yicha renta oluvchining huquqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga talabdan voz kechish yo'li bilan topshirilishi va vorislik bo'yicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda boshqa shaxslarga o'tishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.