Hadya oluvchi o'ziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
Agar hadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo'lsa, hadyani rad etish ham yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Agar hadya shartnomasi ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa, hadyani qabul qilishni rad etish ham davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
Agar hadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo'lsa, hadya qiluvchi hadya oluvchidan hadyani olishni rad etishi oqibatida yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
503-modda. Hadya oluvchining hadyani qabul qilishni rad etishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.