Korxonaga mulk huquqi bu huquq davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o'tadi.
Sotib oluvchining korxonaga mulk huquqini ro'yxatdan o'tkazish, basharti korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, korxona sotib oluvchiga topshirilganidan so'ng bevosita amalga oshiriladi.
Korxonani sotish shartnomasida korxona haqi to'langunicha yoki boshqa holatlar yuz berguncha sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan korxonaga mulk huquqi saqlanib qolishi nazarda tutilgan hollarda sotib oluvchi mulk huquqi o'ziga o'tguncha topshirilgan korxona tarkibiga kiradigan mol-mulkni mulkiy majmua sifatida korxona faoliyatini ta'minlash uchun zarur darajada tasarruf qilishga, shuningdek huquqlardan foydalanishga haqli bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
494-modda. Korxonaga mulk huquqining boshqa shaxsga o'tishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.