Korxonani sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuzilib, unga ushbu Kodeksning 491-moddasi ikkinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlar albatta ilova qilinadi va u notarial guvohlantirilishi hamda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial guvohlantirilishi shart emas, ushbu Kodeksning 110-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy bo'lmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim hisoblanadi, uni bajarishga yo'l qo'yilmaydi va unga nisbatan ushbu Kodeks 112-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo'llanmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
490-modda. Korxonani sotish shartnomasining shakli va uni davlat ro'yxatidan o'tkazish
(490-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикаси 1999 йил 20 августдаги 832-I-сонли Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1999 йил, 9-сон, 229-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.