Fuqarolik kodeksi

487-modda. Tegishli darajada sifatli bo'lmagan ko'chmas mulkni topshirish oqibatlari

Agar sotuvchi sotib oluvchiga ko'chmas mulkni sotish shartnomasining ko'chmas mulk sifati to'g'risidagi shartlariga mos bo'lmagan ko'chmas mulkni topshirsa, ushbu Kodeks 434-moddasining qoidalari qo'llaniladi, sotib oluvchining tegishli darajada sifatli bo'lmagan tovarni tegishli darajada sifatli bo'lgan boshqa tovarga almashtirib berishni talab qilish huquqi to'g'risidagi qoidalar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.