Fuqarolik kodeksi

473-modda. Tarmoqlar, asbob va uskunalarni saqlash va ishlatish bo'yicha abonentning majburiyatlari

(473-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Abonent ishlatilayotgan energetika tarmoqlari, asbob va uskunalarning zarur texnikaviy holati va xavfsizligini ta'minlashi, energiya ishlatishning belgilangan tartibiga amal qilishi, shuningdek avariyalar, yong'inlar, energiyani o'lchash asboblaridagi nosozliklar va energiyadan foydalanish paytida kelib chiqadigan boshqa buzilishlar to'g'risida energiya bilan ta'minlovchi tashkilotga darhol xabar berishi lozim. Energiya ta'minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent bo'lgan taqdirda, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, energetika tarmoqlari, shuningdek energiya iste'molini hisobga olish asboblarining zarur texnik holati va xavfsizligini ta'minlash majburiyati energiya bilan ta'minlovchi tashkilot zimmasiga yuklatiladi. Energetika tarmoqlari, asbob va uskunalarning texnik holatiga va ularni ishlatishga qo'yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.