Fuqarolik kodeksi

451-modda. Tegishli darajada sifatli bo'lmagan tovarlarni yetkazib berish oqibatlari

Tegishli darajada sifatli bo'lmagan tovarlar yetkazib berilgan sotib oluvchi (oluvchi) mahsulot yetkazib beruvchiga ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo'yishga haqli, yetkazib berilgan tovarlarning sifatsizligi to'g'risida sotib oluvchidan bildirish olgan mahsulot yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarni tegishli darajada sifatli tovarlar bilan darhol almashtirgan hollar bundan mustasno. O'ziga yetkazib berilgan tovarlarni chakanalab sotadigan sotib oluvchi (oluvchi), agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, iste'molchi tomonidan qaytarilgan tegishli darajada sifatli bo'lmagan tovarni oqilona muddat ichida almashtirishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.