Sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini ta'minlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Sotib oluvchi (oluvchi) o'zi qabul qilgan tovarni qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan muddatda ko'zdan kechirishi lozim.
Sotib oluvchi (oluvchi) xuddi shu muddatda qabul qilingan tovarlarning miqdori va sifatini qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan tartibda tekshirishi va tovarning aniqlangan nomuvofiqliklari va kamchiliklari to'g'risida tovar yetkazib beruvchini darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning transport va yuk hujjatlarida ko'rsatilgan ma'lumotlarga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek bu tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qabul qilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
446-modda. Tovarlarning sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi
(446-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.