Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan tovarga mulk huquqi tovar haqi to'langunga yoki boshqa holatlar yuz bergunga qadar saqlanishi nazarda tutilgan hollarda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa yoki u tovarning vazifasidan va uning xususiyatlaridan kelib chiqmasa, sotib oluvchi mulk huquqi o'ziga o'tguncha tovarni o'zgaga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli emas.
Topshirilgan tovarning haqi oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda to'lanmaganda yoki mulk huquqi sotib oluvchiga o'tadigan boshqa holatlar yuz bermaganda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, sotuvchi sotib oluvchidan tovarni qaytarib berishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
424-modda. Mulk huquqining sotuvchi ixtiyorida saqlanib qolishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.