Idishga joylanishi va (yoki) o'ralishi lozim bo'lgan tovar sotib oluvchiga idishsiz va (yoki) o'ramagan holda yoxud tegishli idishga joylamagan va (yoki) tegishli darajada o'ramagan holda topshirilgan taqdirda, agar oldi-sotdi shartnomasidan, majburiyat mohiyati yoki tovarning xususiyatidan boshqa hol kelib chiqmasa, sotib oluvchi sotuvchidan tovarni idishga joylashtirish va (yoki) o'rashni yoxud tegishli bo'lmagan idish va (yoki) o'rashni almashtirishni talab qilishga haqli. Sotuvchiga yuqoridagi talablarni qo'yish o'rniga, sotib oluvchi unga sifati tegishli darajada bo'lmagan tovarni topshirishdan kelib chiqadigan, ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo'yishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
415-modda. Tovarni idishsiz va (yoki) o'ramagan holda yoxud tegishli idishga joylamagan va (yoki) tegishli darajada o'ramagan holda topshirish oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.