Fuqarolik kodeksi

413-modda. But bo'lmagan tovarni topshirish oqibatlari

But bo'lmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi o'z ixtiyoriga ko'ra sotuvchidan: xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni; tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega. Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash to'g'risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o'z ixtiyoriga ko'ra: butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga; oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to'langan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar sotuvchining sotib oluvchiga but tovarlarni topshirish majburiyati buzilgan hollarda ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.