Fuqarolik kodeksi

409-modda. Tovarning sotuvchi javobgar bo'ladigan kamchiliklari

Agar sotib oluvchi tovardagi kamchiliklar tovar sotib oluvchiga topshirilgunga qadar paydo bo'lganligini yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo bo'lganligini isbot qilib bersa, sotuvchi tovarning kamchiliklari uchun javobgar bo'ladi. Agar sotuvchi sifatiga o'zi kafolat bergan tovardagi kamchiliklar uni sotib oluvchiga topshirgandan so'ng sotib oluvchi tovardan foydalanish yoki uni saqlash qoidalarini buzganligi yoki uchinchi shaxslar harakati tufayli yoki oldini olib bo'lmaydigan kuch ta'sirida paydo bo'lganini isbotlay olmasa, sotuvchi bu tovarning kamchiliklari uchun javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.