Fuqarolik kodeksi

402-modda. Tovarning sifati

Sotuvchi sotib oluvchiga sifati oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarni topshirishi shart. Oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifati to'g'risidagi shartlar ko'rsatilmaganda, sotuvchi sotib oluvchiga belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo'lgan tovarni topshirishi shart. Agar sotib oluvchi shartnoma tuzish paytida sotuvchiga tovarni qanday aniq maqsadlar uchun sotib olayotganini xabar qilgan bo'lsa, sotuvchi sotib oluvchiga ushbu maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli bo'lgan tovarni topshirishi shart. Tovar namunasi bo'yicha va (yoki) ta'rifi bo'yicha sotilganda sotuvchi sotib oluvchiga namuna va (yoki) ta'rifga mos keladigan tovarni topshirishi shart. Agar qonunda belgilangan tartibga muvofiq, sotilayotgan tovar sifatiga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan bo'lsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi sotib oluvchiga ushbu majburiy talablarga javob beradigan tovarni topshirishi shart. Sotuvchi bilan sotib oluvchi o'rtasidagi kelishuvga muvofiq qonunda nazarda tutilgan tartibda tovarning sifatiga qo'yilgan majburiy talablarga qaraganda yuqoriroq talablarga javob beradigan tovar topshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.