Fuqarolik kodeksi

398-modda. Tovarning miqdori

Sotib oluvchiga topshirilishi lozim bo'lgan tovarning miqdori oldi-sotdi shartnomasida tegishli o'lchov birliklarida yoki pulda nazarda tutiladi. Tovarning miqdori to'g'risidagi shart shartnomada uni aniqlash tartibini belgilash yo'li bilan kelishilishi mumkin. Agar oldi-sotdi shartnomasi topshirilishi lozim bo'lgan tovar miqdorini aniqlash imkonini bermasa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.