Fuqarolik kodeksi

367-modda. Oferta

Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo'lgan va taklifni kiritgan shaxsning o'zini taklif yo'llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi. Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan bo'lishi kerak. Oferta uni yo'llagan shaxsni oferta yo'llangan shaxs bilan u ofertani olgan paytdan boshlab bog'laydi. Agar ofertani chaqirib olish to'g'risidagi bildirish ofertaning o'zidan oldin yoki u bilan bir vaqtda kelgan bo'lsa, oferta olinmagan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.