Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o'z faoliyati xususiyatiga ko'ra o'ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo'lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo'lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta'minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo'yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko'rishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste'molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonunchilikda iste'molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo'l qo'yiladigan hollar bundan mustasno.
Tashkilotning iste'molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko'rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo'la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo'l qo'yilmaydi.
Tashkilot ommaviy shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortganida ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo'llaniladi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O'zbekiston Respublikasi Hukumati ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo'lgan qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin.
Ommaviy shartnomaning ushbu modda ikkinchi va beshinchi qismlari bilan belgilab qo'yilgan talablarga mos kelmaydigan shartlari haqiqiy emas.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
358-modda. Ommaviy shartnoma
(358-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.