Fuqarolik kodeksi

354-modda. Shartnoma tuzish erkinligi

(354-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo'l qo'yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin. Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o'z ichiga oladigan shartnoma (aralash shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma bo'yicha taraflarning munosabatlariga, agar taraflarning kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, elementlari aralash shartnomada bo'lgan shartnomalar to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladi. Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonunchilikda ko'rsatib qo'yilgan hollar bundan mustasno. Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo'yilmaganligi tufayli qo'llaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o'zaro kelishib, uning qo'llanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo'lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi. Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo'yilgan bo'lmasa, tegishli shartlar taraflar o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan ish muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.