Fuqarolik kodeksi

350-modda. Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor bo'lishi

Agar davlat organining hujjati chiqishi natijasida majburiyatni bajarish to'liq yoki qisman mumkin bo'lmay qolsa, majburiyat to'liq yoki uning tegishli qismi bekor bo'ladi. Buning natijasida zarar ko'rgan taraflar ushbu Kodeksning 12 va 15-moddalariga muvofiq uni to'lashni talab qilishga haqlidirlar. Davlat organining majburiyat bekor bo'lishiga asos bo'lgan hujjati belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilganida, agar taraflarning kelishuvidan yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib kelib chiqmasa va majburiyatni bajarish kreditor uchun o'z ahamiyatini yo'qotmagan bo'lsa, majburiyat tiklanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.