Fuqarolik kodeksi

330-modda. Javobgarlik va majburiyatni asl holida bajarish

Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, majburiyat lozim darajada bajarilmagan taqdirda neustoyka to'lash va zararni qoplash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi. Basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, majburiyat bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va uning bajarilmaganligi uchun neustoyka to'lash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi. Kechiktirib yuborish oqibatida o'zi uchun ahamiyatini yo'qotgan (ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismi) ijroni kreditorning qabul qilishdan bosh tortishi, shuningdek voz kechish haqi tarzida belgilangan neustoykani to'lash (ushbu Kodeksning 342-moddasi) qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.