Fuqarolik kodeksi

324-modda. Qarzdorning zararni to'lash majburiyati

(324-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to'lashi shart. Agar qonunchilikda yoki shartnomada o'zgacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo'lgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo'lmasa, — da'vo qo'zg'atilgan kunda mavjud bo'lgan narxlar e'tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni to'lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo'lgan narxlarni e'tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin. Boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomonidan uni olish uchun ko'rilgan choralar va shu maqsadda ko'rilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.