Fuqarolik kodeksi

316-modda. Yangi kreditor huquqlarining isboti

O'z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditor talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni unga berishi va talabni amalga oshirish uchun ahamiyatli bo'lgan ma'lumotlarni bildirishi kerak. Qarzdor talablar yangi kreditorga o'tganligini isbotlovchi hujjatlar o'ziga taqdim etilmagunicha unga nisbatan majburiyatni bajarmaslikka haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.