Fuqarolik kodeksi

3-modda. Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari

(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан иккинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)

Fuqarolik qonunchiligi ushbu Kodeksdan, ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, to'rtinchi va beshinchi qismlarida ko'rsatilgan munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda qonunchilik hujjatlaridan iborat. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hududda fuqarolik-huquqiy munosabatlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi. Boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlaridagi fuqarolik qonunchiligi normalari ushbu Kodeksga mos bo'lishi shart, bundan maxsus huquqiy rejim o'rnatadigan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan belgilangan hollar mustasno. Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.