Fuqarolardan shaxsiy iste'molga mo'ljallangan ko'char mol-mulkni qisqa muddatli mikroqarzlarni ta'minlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Lombardda ashyolarni garovga qo'yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yo'li bilan rasmiylashtiriladi.
Garovga qo'yilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.
Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o'xshash va shunday sifatli ashyolarning napxlapiga mos bahodagi to'liq summasida o'z hisobidan garovga qo'yuvchi foydasiga sug'urtalashi shart.
Lombard garovga qo'yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.
Lombard ashyolarning yo'qolishi yoki shikastlanishi yengib bo'lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qo'yilgan ashyolarning yo'qolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar bo'ladi.
Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan ta'minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o'tganidan keyin garovga qo'yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo'yilgan tartibda (ushbu Kodeksning 281-moddasi) ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin hatto garovga qo'yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to'liq qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmasa ham, lombardning garovga qo'yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo'ladi.
Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi.
Lombardda ashyolarni garovga qo'yish to'g'risidagi shaptnomaning garovga qo'yuvchining huquqlarini ushbu Kodeks yoki boshqa qonunlar bilan unga beriladigan huquqlarga qaraganda cheklab qo'yadigan shaptlapi o'z-o'zidan haqiqiy emas.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
289-modda. Ashyolarning lombardda garovga qo'yilishi
(289-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 20 апрелдаги ЎРҚ-765-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2022 й., 03/22/765/0332-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.