Agar garovga qo'yuvchining garov narsasi bo'lgan mol-mulkka mulk huquqi qonun bilan belgilangan asoslar va tartibda, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilganligi (qayta sotib olish), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya oqibatida bekor bo'lsa, garovga qo'yuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli haq (kompensatsiya) to'lanadi. Bunday holda o'rniga-o'rin berilgan mol-mulkka garov huquqi tatbiq etiladi yoki tegishincha, garovga oluvchi garovga qo'yuvchiga tegishi kerak bo'lgan haq summasidan (kompensatsiyadan) o'z talabini imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega bo'ladi.
Garov narsasi bo'lgan mol-mulk aslida ushbu mol-mulkning egasi boshqa shaxs ekanligi (ushbu Kodeksning 228-moddasi) asosida garovga qo'yuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qo'yilgan hollarda ushbu mol-mulkning garovga qo'yilishi bekor bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi garov bilan ta'minlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli.
Garov narsasi bo'lgan mol-mulk garovga qo'yuvchidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qo'yilganda, garovga oluvchida o'z talablarini ushbu mol-mulk hisobidan ustuvor tarzda qanoatlantirish huquqi saqlab qolinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
285-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni majburiy ravishda olib qo'yishning oqibatlari
(285-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 22 апрелдаги ЎРҚ-1060-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.04.2025 й., 03/25/1060/0373-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.