Garov quyidagi hollarda bekor bo'ladi:
1) garov bilan ta'minlangan majburiyat bekor bo'lganida;
2) ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo'lganida garovga qo'yuvchining talabi bilan;
3) garovga qo'yilgan ashyo nobud bo'lganida yoki garovga qo'yilgan huquq bekor bo'lganida, basharti garovga qo'yuvchi ushbu Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalangan bo'lmasa;
4) garovga qo'yilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek uni realizatsiya qilish mumkin bo'lmagan taqdirda (ushbu Kodeksning 281-moddasi). Ipoteka to'g'risidagi shartnoma ro'yxatdan o'tkazilgan reyestrda ipoteka tugatilganligi to'g'risida belgi qo'yilgan bo'lishi kerak;
5) agar garovga oluvchi ushbu Kodeks 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan bo'lsa, bundan garovga qo'yilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan ta'minlanmagan kreditorlarning o'z talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno.
Garov bilan ta'minlangan majburiyat bajarilishi natijasida yoki garovga qo'yuvchining talabi bilan garov bekor bo'lganida (ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismi) ixtiyorida garovga qo'yilgan mol-mulk bo'lgan garovga oluvchi uni darhol garovga qo'yuvchiga qaytarib berishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
283-modda. Garovning bekor bo'lishi
(283-модда биринчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.