Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qo'yilgan ko'chmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.
Garovga oluvchining talabini garovga qo'yilgan ko'chmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qo'yuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yo'l qo'yiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning da'vosiga ko'ra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar garovga qo'yuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, garovga oluvchining talablari garovga qo'yilgan ko'char mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov to'g'risidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin.
Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin:
1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning garov to'g'risida shartnoma tuzish uchun roziligi yoxud ruxsati haqidagi talab belgilangan bo'lsa, bundan mazkur mol-mulkni garovga berish chog'ida zarur bo'lgan rozilik yoki ruxsat olingan hollar mustasno;
2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o'zga madaniy qimmatga ega mol-mulk bo'lsa;
3) garovga qo'yuvchi yo'qolgan bo'lsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin bo'lmasa.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
280-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish tartibi
(280-модда тўртинчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 22 апрелдаги ЎРҚ-1060-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.04.2025 й., 03/25/1060/0373-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.